Muhtoj qizlarning shartnoma to‘lovini hokimlik va OTM to‘lab beradi – Prezident
Jamiyat
−
26 fevral 2021
5770O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun, 26 fevral kuni xotin-qizlarning muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda oliy ta’lim muassasalarida o‘qiydigan boquvchisi yo‘q ayollar va muhtoj qizlarga yengillik yaratish masalasida ham so‘z bordi.
Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, oliy ma’lumotli bo‘lishni istagan, qobiliyati, bilimi bor, lekin taqdir taqozosi bilan orzusiga erisha olmagan xotin-qizlarni rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi.
“Ota-onasining biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarning shartnoma to‘lovi hokimlik va oliy o‘quv yurti hisobidan qoplab beriladi. Bu yangi tizim. Ilgari bunday qilolmasdik. Endi imkoniyat bor”, deydi Prezident.
Shuningdek, 70 mingga yaqin xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun Xalq banki orqali 2 trillion so‘m kreditlar yo‘naltirilishi ma’lum qilindi.
LiveBarchasi