Muhojirlarning yo‘qligi Rossiyada inflyatsiyaga ta’sir qiladi — Sobyanin
Olam
−
02 avgust 2021
7821Rossiyada muhojirlarning yo‘qligi mamlakatda inflyatsiya o‘sishiga sabab bo‘ladi. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin RBKga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
“O‘tgan yili yozda biz deyarli ikki oy davomida qurilish maydonlarini yopishga, ko‘kalamzorlashtirish, ta’mirlash va yana boshqa ko‘plab ishlarni to‘xtatishga majbur bo‘ldik. Natijada qurilish kompaniyalari ko‘plab xodimlarini ishdan bo‘shatdi. Bu esa ishchi kuchi narxini oshishiga olib keldi. Ish haqi oshsayu, mehnat unumdorligi bo‘lmasa va yakuniy ishlab chiqarish tugallanmasa, albatta, har qanday tadbirkor bunday holatda xodimdan voz kechadi. Bu esa inflyatsiya o‘sishiga olib keladi”, deydi Sobyanin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, migrantlar yo‘qligi inflyatsiya o‘sishiga ta’sir qiladi, biroq biznes bunga moslashmoqda. Shuni ham aytish joizki, migrantlarnig yo‘q bo‘lgani bilan ish o‘rinlari na kamaygan, na ko‘paygan.
LiveBarchasi