Muhojirlar oilasi bolalarining sho‘xligi deb Rossiyadan quvildi

Olam

image

Tojikistonlik muhojir oiladagi bolalar o‘qituvchiga tosh otgani uchun Rossiyadan haydab chiqarildi. Bu haqda Novosibirsk viloyati prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida ikki nafar voyaga yetmagan migrant bola ko‘chada o‘tkinchi fuqaroga tosh otib, uni o‘z ona tilida mazax qilgani tasvirlangan video mahalliy Telegram-kanallarda tarqalib, jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi. 

Holat yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida "sho‘xlik qilganlar"ning shaxsiga oydinlik kiritilgan. Unga ko‘ra, bolalar 32 yoshli tojikistonlik ayolning bolalari bo‘lib, bunga qadar ayol mamlakat migratsiya qonunchiligini ikki marta buzgani aniqlangan.

Shuningdek, ayolning bolalari Rossiya hududida rasman ro‘yxatga olinmagan, bundan tashqari u 12 va 7 yoshli ikki farzandini parvarish qilish majburiyatlarini bajarmaganligi uchun uch marta ma’muriy javobgarlikka ham tortilgan. 

“Qonunchilikka ko‘ra, oila to‘liq tarkibda mamlakatni tark etadi”, deyiladi prokuratura xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada o‘tkazilgan “Nolegal 2023” operatsiyasi davomida mamlakatdan 15 mingga yaqin xorijlik deportatsiya qilingan edi. Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida migratsiya qonunchiligining 96 mingga yaqin buzilishi aniqlangan. 

Shuningdek, Rossiyaga kirish, chiqish va bo‘lish qoidalarini buzishning 73 mingdan ortiq, bundan tashqari, mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xorijliklar tomonidan 22 mingdan ortiq huquqbuzarlik holatlari aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya deportatsiya Tojikistonlik muhojir oila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing