Muhammad Saloh “Trabzonspor”ga o‘tadi – Romano

Sport

image

Turkiya Superligasi yetakchilaridan biri bo‘lgan “Trabzonspor” “Liverpul”ni tark etgan dunyoga mashhur misrlik yulduz futbolchi Muhammad Saloh bilan transfer bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tomonlar ikki yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgan. Yaqin kunlarda tajribali futbolchi bilan rasmiy shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Transferning moliyaviy shartlari ham ma’lum bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, “Trabzonspor” Muhammad Salohga shartnoma imzolash uchun 5 million yevro miqdorida bonus to‘laydi. Shuningdek, futbolchining yillik kafolatlangan maoshi 17 million yevroga teng bo‘ladi.

Bundan tashqari, kelishuvga ko‘ra, Muhammad Saloh liboslari sotuvidan tushadigan daromadning 25 foizi futbolchining jamoasiga o‘tkaziladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Muhammad Saloh bugun, 5 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 da Trabzon shahriga yetib keladi va rasmiy shartnomaga imzo qo‘yadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning “Beshiktosh” jamoasi ham Muhammad Saloh bilan muzokaralar o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing