Muhammad Saloh “Liverpul”ni tark etadimi?

Sport

image

Misrlik 31 yoshli futbolchi 2023/2024 yilgi mavsum yakunida “Liverpul“ni tark etishi mumkin. Bu haqda SPAN nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “qizillar“ hujumchining yakunlanayotgan shartnomasini yana 1 yoki 2 yilga uzaytirish ustida bosh qotirmoqda. Forvard bilan kelishuv hali hech qaysi tomonga hal bo‘lmagan, ammo klub allaqachon uning o‘rnini bosa oladigan o‘yinchini izlashni boshlagan. 

Futbolchining vakillariga ko‘ra, u shu mavsum yakunigacha aniq klubni tak etmaydi, biroq u shartnomani uzaytirish yoki yangisini imzolash haqida aniq to‘xtamga kelmagan. Misrlik hujumchining “Transfermarkt” portalidagi taxminiy narxi 65 million yevroni tashkil qilmoqda.

“La Gazzetta dello Sport“ nashrining ma’lum qilishicha, Saloh “qizillar” safini tark etadigan bo‘lsa, Angliya klubi uning o‘rniga “Yuventus”ning hujumkor o‘yinchisi Federiko Kezani olib kelishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Muhammad Saloh “Liverpul“ nomidan 2022/2023 yilgi mavsumda APLda 38 ta oyinda maydonga tushib, 19 gol urgan va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Muhammad Saloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing