Muhammad Moxber Eronning muvaqqat prezidenti bo‘ladi
Olam
−
20 may
11787Eronning amaldagi vitse-prezidenti Muhammad Moxber vaqtinchalik Eron Prezidenti bo‘ladi. Bu haqda mahalliy matbuot xabar bermoqda.
Eron Konstitutsiyasining 131-moddasiga ko‘ra, Prezident vafot etgan taqdirda uning vakolatlari birinchi vitse-prezidentga o‘tadi. 2021 yildan buyon bu lavozimni Muhammad Moxber egallab keladi. Prezidentlik vakolatlari unga keyingi ikki oy davomida o‘tadi. Yangi prezidentlik saylovlari 50 kun ichida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Muhammad Moxber 1955 yilda Dizful shahrida tug‘ilgan. “Xalqaro huquq va menejment” fanlari nomzodi va magistr darajasiga ega. U Eron-Iroq urushi davrida Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusining tibbiy bo‘limida ofitser bo‘lib xizmat qilgan. 2021 yil 8 avgustda u Eronning birinchi vitse-prezidenti etib tayinlangan.
2010 yil iyul oyida Yevropa Ittifoqi Muhammad Moxberni “yadroviy yoki ballistik raketa faoliyati” masalasiga aloqadorlikda ayblanib, sanksiya qo‘yilgan jismoniy va yuridik shaxslar ro‘yxatiga kiritgan. Ikki yil o‘tgach, u ushbu ro‘yxatdan o‘chirilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bo‘lgan vertolyot halokatga uchragani, halokatda vertolyotning barcha yo‘lovchilari va ekipaj a’zolari halok bo‘lgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi