Muhammad Alining nabirasi professional boksda debyut qiladi

Olam

image

Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Muhammad Alining nabirasi Niko Ali Uolsh o‘zining professional debyut jangini 14 avgust kuni o‘tkazadi. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi.

Amerika promouterlik kompaniyasi (Top Rank) tomonidan tashkil etiladigan jangda Uolsh Endryu Moloni yoki Joshua Frankoga qarshi ringga chiqadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Muhammad Alining nabirasiga Top Rank rahbari, amerikalik huquqshunos Bob Arum promouterlik qiladi. U 1966 yilda Niko Ali Uolshning bobosi Muhammad Alining birinchi jangni tashkil qilgan.

“Men aniq bilamanki, bobom Bob Arumdan boshqa hech qanday promouter bilan birga ishlashimni xohlamagan bo‘lardi. Don King mening bobom va Mayk Taysonga qanday munosabatda bo‘lganini ko‘rgansiz, ko‘p odamlarga boksda ishonib bo‘lmaydi. Bob Arum nafaqat boksda, balki umuman biznesda hurmatga sazovor insonlardan biri. Men har doim Top Rank’ning bir qismi bo‘lishni istayman”, deydi Muhammad Alining nabirasi.

Niko Ali Uolshni ushbu jangga og‘ir vazn chempioni Tayson Fyurining murabbiyi ShugarXill Styuard tayyorlamoqda. O‘z navbatida murabbiy Muhammad Alining nabirasini haqiqiy iste’dod egasi ekanligini aytgan.

Ma’lumot uchun, Niko Ali Uolsh o‘zining Twitter cahifasida debyut jangi 2020 yilning oxirlarida bo‘lishini aytgan edi. Lekin pandemiya sababli ushbu jangning vaqti o‘zgargan. 

Islomjon Omonjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing