MSK Toshkentning 105-saylov uchastkasidagi natijani bekor qildi
Jamiyat
−
27 dekabr 2019
5328Avvalroq, Toshkent shahar Bektemir tuman 105-saylov uchastka saylov komissiya a’zolari tomonidan bir qancha saylov byuletenlarini saylov qutisiga o‘zlari tashlab, saylov natijalarini soxtalashtirishga urinayotgani aks etgan videolavha tarqalgani haqida xabar bergan edik. Markaziy saylov komissiyasi holat bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruv natijalarini e’lon qildi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, 105-uchastka saylov komissiyasining 22 dekabrdagi saylov natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari bekor qilindi va haqiqiy emas deb topildi.
Mazkur saylov uchastkasi bo‘yicha saylov natijalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 141-Temiryo‘lchilar va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 8-Suvchi shahar okrug saylov komissiyalarining tegishli okruglar bo‘yicha saylov natijalariga ta’sir qilmasligi inobatga olindi.
Bektemir tumani saylov komissiyasi tomonidan 18-Visol saylov okrugida 2020 yil 19 yanvar kuni takroriy saylov o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, tuman saylov komissiyasi tomonidan 105-uchastka saylov komissiyasining tarkibini almashtirish ishlari ham amalga oshiriladi.
Prokuratura organlari tomonidan ushbu holatga huquqiy baho berish uchun surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi