MSK saylov natijalari haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi
Jamiyat
−
25 Oktabr 2021 10170 1 daqiqa
Xalqaro ommaviy axborot vositalarida kecha, 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan Prezident saylovi natijalariga oid xabar tarqaldi. Unga ko‘ra, saylovda amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev 90 foiz ovoz bilan g‘alaba qozongan. Xabarlarda boshqa nomzodlar qancha ovoz olgani haqida ma’lumotlar keltirilmagan.
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi Matbuot kotibi Jaloliddin Usmonov mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari e’lon qilinganligi haqida xabar tarqatilmoqda. Bu xabar haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi MSK vakili xabarida.
U Prezident saylovining dastlabki natijalari bugun Toshkent vaqti bilan soat 16.00 da Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev tomonidan e’lon qilinishini yana bir marta eslatgan.
Live
Barchasi