MSK raisi: 2-turda saylovchilarning ishtirok etish foizi hisobga olinmaydi

Jamiyat

image

Bugun, 5 yanvar kuni O‘zbekistonda saylovlarning 2-turi bo‘lib o‘tyapti. Qayta ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi. Bu haqda MSK raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov press-brifingda ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining 59-moddasiga muvofiq – Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi. Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi.

“Bugun takroriy ovoz berishda ishtirok etayotgan 50 nafar nomzodlarning 15 nafarini – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi vakillari, 11 nafarini – O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi vakillari, 10 nafarini – O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi vakillari, 9 nafarini – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi vakillari hamda 5 nafarini – O‘zbekiston Ekologik partiyasi vakillari, ularning 18 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi”.

Ma’lumot uchun, bugun 25 ta saylov okrugidagi 1730 ta saylov uchastkasida takroriy ovoz berish jarayoni o‘tkaziladi. Ushbu okruglardagi saylovchilar soni 3 million 148 ming 921 nafarni tashkil etadi. Saylovning 2-turida ovoz berish bugun soat 8:00 da boshlandi. ovoz berish 20:00 gacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, mahalliy kengashlarga saylovlarning 1-turi o‘tgan yilning 22 dekabr kuni o‘tkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

saylov

Baholaganlar

49

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing