Qancha saylovchi Mirziyoyevga ovoz bergan? MSK yakuniy natijalarni e’lon qildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovida Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyev 12 million 988 ming 964 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 80,12 foizi bilan g‘alaba qozondi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi qarorida belgilandi.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan prezidentlik saylovlari bo‘yicha yakuniy natijalar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, saylovda jami 16 million 212 ming 343 nafar saylovchi qatnashgan (80,4 foiz).

Foydalanilmagan va buzib qo‘yilib, bekor qilingan saylov byulletenlarining umumiy soni – 4 million 47 ming 358 tani tashkil qilgan.

Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar tomonidan har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni quyidagicha:

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Bahrom Abduhalimoga – 549 ming 766 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 3,39 foizi;

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Mirziyoyevga – 12 million 988 ming 964 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 80,12 foizi;

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Narzullo Oblomuradovga – 670 ming 641 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 4,14 foizi;

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirovga – 888 ming 515 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 5,48 foizi;

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Vorisovaga – 1 million 75 ming 16 nafar yoki ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 6,63 foizi yoqlab ovoz bergan.

Haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlarining soni – 39 ming 443 tani yoki 0,24 foizni tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

278

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing