MRB direktori Moskvada. AQSH va Rossiya razvedkasi nimani muhokama qildi? 

Olam

image

AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Uilyam Berns Moskvada Rossiya rasmiylari vakillari bilan kiberxavfsizlik va ushbu sohada jinoyatchilarga qarshi kurashish zaruriyatini muhokama qildi. Bu haqda AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Enn Nyuberger ma’lum qildi.

“Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Berns [Moskvada] bir qator mavzularni, jumladan kiberxavfsizlikni, Rossiya bilan davom etayotgan maslahatlashuvlarimiz kontekstida uning hududidan chiqayotgan zararli tovlamachi virus-dasturlarga qarshi kurashish zarurligini muhokama qildi”, deydi u.

Foto: MRB direktori Uilyam Berns

Nyubergerning so‘zlariga ko‘ra, Vashington va Moskva kiberxavfsizlik bo‘yicha ochiq va professional muzokaralar olib bormoqda, Amerika tomoni esa Rossiya bilan ma’lumot almashmoqda. 

“Ushbu formatda samimiy, professional, juda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot bo‘lib o‘tdi, uning davomida eng muhim infratuzilma haqida batafsil axborot berildi. Biz ham Rossiyaga ma’lumot berdik va bu uning keyingi qadamlari bo‘yicha sinov bo‘ladi”, deydi Nyuberger.

Shu bilan birga, Nyubergerning so‘zlariga ko‘ra, AQSH nuqtai nazaridan Rossiya hukumati o‘z hududidan kelib chiqadigan kibermakondagi jinoiy harakatlarga qarshi tura oladi.

O‘z navbatida, amerikalik ekspert MRB rahbarining Moskvaga tashrifi yaxshi tendensiya, biroq sovuq munosabatlarning hosilasi ekanini ta’kidlagan.

“Qo‘shma Shtatlar va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi munosabatlar shu qadar yomonki, xavfsizlik xodimlarining uchrashuvi e’tiborga loyiq bo‘lishi mumkin, ayniqsa, Prezident Putinning o‘zi razvedkada xizmat qilgani va ehtimol ushbu aloqa kanalini qadrlashini hisobga olsak”, deydi Ien Eland.

Kiberxavfsizlik masalasi Rossiya va AQSH munosabatlarida

So‘nggi oylarda kibermakondagi tahdidlar mavzusi Amerika Qo‘shma Shtatlarida dolzarb mavzuga aylandi. Joriy yilning may oyi boshida DarkSide guruhi hujumchilari Amerikaning “Colonial Pipeline” quvur liniyasi tizimiga buzib kirishdi. AQSH razvedka xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, DarkSide Rossiya Federatsiyasi yoki Sharqiy Yevropa hududida joylashgan bo‘lishi mumkin, ammo bu hukumat bilan bog‘liq emas. 

Bundan tashqari, joriy yilning 31 may kuni JBS go‘shtni qayta ishlash kompaniyasining Amerika bo‘limi tarmog‘iga hujum uyushtirildi. Oq uy matbuot xizmatiga ko‘ra, kompaniya hujum ortida (katta ehtimol bilan) Rossiyada joylashgan REvil jinoiy tashkiloti turibdi, deb hisoblamoqda. OAV joriy yilning iyul oyi boshida Kaseya IT-kompaniyasiga qilingan hujumda ham xuddi shu guruhni ayblamoqda. Lekin bunday ayblovlar Rossiya tomonidan muntazam rad etib kelinadi. Turli konferensiyalar doirasida Putin bunday ayblovlarni kulgiga oladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

135

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing