Mourinyu Abraxamni “ko‘klarga ko‘tardi”

Sport

image
0:00
0:00
download

Kecha, 20 mart kuni Italiya A Seriyasining 30-turidan o‘rin olgan "Latsio"ga qarshi uchrashuvda 3:0 hisobida "Roma" zafar quchdi. Ushbu bahsda “bo‘rilar”ning angliyalik hujumchisi Temmi Abraxam ikkita gol muallifiga aylandi.
 
Temmi nafaqat gollar urdi, balki ajoyib pressing ham qildi va to‘p uchun a’lo darajada kurashdi. 

“Roma” ustozi Joze Mourinyu “Football Italia” nashriga bergan intervyusida Abraxamdan ko‘p narsa talab qilishi, chunki uning ko‘p ishlarga qodirligini bilishi haqida gapirdi. 

“Kecha haqiqatan ham o‘zgacha kun bo‘ldi. “Roma” hamma narsa ustida ishlayotgan va tayyorlanayotgan jamoadek tuyuldi. Yigitlar yuqori darajaga chiqishdi. “Latsio” ikkinchi bo‘limda yaxshiroq natijaga erishishga harakat qildi, Rim derbisida g‘alaba qilish kerakigini anglab kurashdi. Ammo ular hech qachon bizning g‘alabamizga tahdid solmadi. Sababi, mening shogirdlarim yaxshi ishladi va raqibga hech qanday imkon qoldirmadi. Bilaman, Abraxamda bundan ham ko‘proq natijalar qayd etish uchun imkoniyat bor. 

Kecha Temmi nafaqat gollar urdi, balki raqibga ajoyib pressing uyushtirdi va har bitta to‘p uchun kurashdi. U “Vitess”ga qarshi o‘yinda bunday ishlarni qilmagan edi. Men Temmidan ko‘p narsani talab qilaman, chunki uning qo‘lidan ko‘p ish kelishi mumkinligini bilaman. Gap faqat gollarda emas, Temmi har o‘yinga shunday munosabat bilan yondashishi kerak”, degan Mourinyu.

Ma’lumot o‘rnida, “Roma” Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 51 ochko jamg‘ardi. Bu orqali rimliklar musobaqa jadvalida 6-o‘rini egallab turibdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing