Mourinoning “Real”dagi taqdimoti kechiktirildi
Sport
−
23 may 1046 1 daqiqa
Joze Mourinoning “Real Madrid” bosh murabbiyi etib tayinlanishi Madrid prezidentlilik saylovlari natijalari e’lon qilingunga qadar kechiktiriladi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik biznesmen Enrike Rikelmening “oqlar” prezidentliligiga nomzodini qo‘yish niyatini e’lon qilishi barcha sport rejalarini, jumladan, Mourinoning qaytishini ham to‘xtatib qo‘ygan.
Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, saylov joriy yilning 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Rikelme rasmiy nomzod bo‘lishi uchun hujjatlarni topshirishi kerak. Agar u saylovda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, rejalar o‘zgarishi mumkin.
Dastlab, “Real Madrid” portugaliyalik mutaxassisni ertaga, 24 may kuni “Real Madrid” bosh murabbiyi sifatida tanishtirishni rejalashtirgan edi.
Ma’lumot uchun, 63 yoshli Mourino “Real Madrid”ni 2010 yildan 2013 yilgacha ham boshqargan. Uning qo‘l ostida klub Ispaniya chempionligi, shuningdek, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Live
Barchasi