Mourino YeCHL tarixidagi eng yomon natijani qayd etdi
Sport
−
09:10 510 1 daqiqa
Portugaliyaning “Benfika” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi so‘nggi 10 o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Bu haqda “Stats Foot” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mourinoning pley-offdagi so‘nggi g‘alabasi 2014 yilda “Chelsi” boshchiligida PSJga qarshi o‘yinda qayd etilgan. Shu tariqa, bu natija murabbiy uchun turnir tarixidagi eng uzun g‘alabasiz seriyaga aylandi.
2025-2026 yilgi Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob uchrashuvida “Benfika” “Real Madrid”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Mourino 2025 yildan buyon “Benfika”ni boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Chempionlar ligasi finali Budapesht shahridagi “Pushkash Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi bahs 2026 yil 30 may kuniga belgilangan.
Live
Barchasi