Mourino “Real”ga qanday futbolchilar kerakmasligini Rodri misolida tushuntirdi

Sport

image

“Real Madrid” bosh murabbiyi Joze Mourino Rodrini “Barselona” o‘tganiga munosabat bildirar ekan, klub katta mavqega ega ekanligini va u o‘z safida o‘ynashni xohlayotganiga ishonchi komil bo‘lmagan futbolchilarni tarkibda saqlab qola olmasligini aytdi. Bu haqda bosh murabbiy Joze Mourino AS nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi. 

2026 yilgi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi va 2024 yilgi “Oltin to‘p” sohibi Rodriga “Real Madrid”dan taklif tushgan, biroq ispaniyalik yarim himoyachi “Barselona”ni tanlagandi.

Mourino Rodri bilan bir necha bor suhbatlashganini va “Real Madrid” futbolchiga juda yaxshi taklif berganini aytdi.

“Rodrining shubhalari bor edi, u ikkilandi... Uning shubhalari menga ham ta’sir qildi. U ajoyib futbolchi va u biz bilan juda professional tarzda ishladi. Men u haqida yomon gap ayta olmayman. Ammo “Real Madrid” shunchalik yuqori saviyadagi klubki, unda ikkilanadigan futbolchilar bo‘lishi mumkin emas”, deydi Mourino.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Real Madrid”ning tamoyili shundan iboratki, klub futbolchi bilan bog‘langanida, o‘yinchi javoban qachon jamoaga qo‘shilishi kerakligini so‘rashi lozim.

“Bu yerda konsepsiya juda oddiy: “Real Madrid” futbolchiga murojaat qilganida, u “Qachon yetib borishim kerak?” deb so‘rashi kerak”, deya qo‘shimcha qilgan murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri “Barselona”ga o‘tgani va klub bilan 2030 yilga qadar shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing