Mourino “Real”dan Rodri transferini tezlatishni so‘radi
Sport
−
09:42 337 1 daqiqa
“Real Madrid”ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrini jamoaga olib kelishni asosiy maqsadlaridan biri sifatida belgilagan va rahbariyatdan transferni tezroq amalga oshirishni so‘radi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.
Mourino Ispaniya milliy terma jamoasi a’zosini maydonda jamoaning barcha bo‘g‘inlarini birlashtira oladigan, o‘yin tizimini shakllantiruvchi muhim futbolchi deb hisoblamoqda.
Manbaga ko‘ra, klublar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. “Manchester Siti” esa Rodri bilan xayrlashish uchun “Real Madrid”dan katta miqdorda tovon puli talab qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, madridliklar yozgi transferlar davrida Ibragima Konate, Denzel Dumfris, Mark Kukurelya, Bernardu Silva va Karlos Espini o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qilgan. Shuningdek, “RB Leypsig” vingeri Yann Diomande bilan ham transfer yaqin kunlarda yakunlanishi kutilmoqda.
Live
Barchasi