Mourino “Real” bosh murabbiyi – Romano

Sport

image
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino “Real Madrid” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbada aytilishicha, tomonlar 2028 yil yozigacha shartnoma imzolagan va kelishuv endi yakunlangan.

Ta’kidlanishicha, “qaymoqranglilar” Mourinoning hozirgi klubi “Benfika”ga shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgani uchun 6 million yevro miqdorida kompensatsiya to‘laydi.

Shunday qilib, portugaliyalik mutaxassis Madrid klubini tark etganidan 13 yil o‘tib yana jamoa boshqaruviga qaytishi aniq bo‘ldi. 63 yoshli Mourino “Real Madrid”ni 2010 yildan 2013 yilgacha ham boshqargan. Uning qo‘l ostida klub Ispaniya chempionligi, shuningdek, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” joriy mavsumni sovrinsiz yakunladi. Madridliklar La Ligada so‘ngi tur uchrashuvini joriy yilning 23 may kuni “Atletik Bilbao” qarshi o‘tkazadi.

Maqola muallifi

Teglar

Joze Mourin'o Fabritsio Romano “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing