Mourino mavsum oxirida “Real”ni boshqarishni boshlaydi – OAV
Sport
−
13:56 845 1 daqiqa
Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng “Real Madrid” bosh murabbiyigini qabul qilib oladi. Bu haqda “Cope” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Mourinoning tayinlovi mavsum tugashi bilan rasman e’lon qilinadi. Avvalroq, “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres portugaliyalik murabbiyni jamoaga qaytarishni istayotgani va bu borada uning agenti bilan videomuloqot o‘tkazgandi.
Hozirda madridliklarni Alvaro Arbeloa boshqarmoqda. U joriy yilning 12 yanvar kuni jamoani qabul qilib olib, Xabi Alonso o‘rnini egallagan edi. Shundan so‘ng uning qo‘l ostida jamoa 24 ta o‘yin o‘tkazib, shulardan 15 ta g‘alaba, 2 ta durang va 7 ta mag‘lubiyat qayd etdi.
63 yoshli Mourino “Real Madrid”ni 2010 yildan 2013 yilgacha ham boshqargan. Uning qo‘l ostida klub Ispaniya chempionligi, shuningdek, Ispaniya kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi