Mourino mag‘lubiyatda Shomurodovni aybladi
Sport
−
10 Yanvar 2022 10298 1 daqiqa
“Roma” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Italiya A seriyasining 21-turidan o‘rin olgan “Yuventus”ga (3:4) qarshi o‘yin natijasi uchun Eldor Shomurodovni aybladi.
“70 daqiqa davomida o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Jamoa juda zo‘r o‘ynadi. Biroq 70-daqiqadan so‘ng, ruhiy jihatdan pasayish ro‘y berdi. Afena-Gyan ajoyib o‘yin o‘tkazayotgan edi, uning o‘rniga maydonga tushgan futbolchi (Eldor Shomurodov) esa hammasini noto‘g‘ri bajardi. Biz raqibning hisobni qisqartirishiga imkon bermasligimiz kerak edi. Turin klubi kuchli xarakterga ega jamoa ekanligini yana bir bor isbotlay oldi”.
Shuningdek, Mourino jamoadagi muammolar haqida fikr bildirdi:
“Mag‘lub bo‘layotgan paytda, oyoqqa turish va xarakter ko‘rsatish zarur. Ammo bizning kiyinish xonamizdagi muhit yaxshi emas, chunki unda juda bo‘sh va zaif insonlar bor. Agar o‘yin 70-daqiqada yakunlanganida, bu uchrashuv biz uchun ajoyib o‘tgan bo‘lardi. Afsus”
Eslatib o‘tamiz, “Roma” uchrashuvning 69-daqiqasiga qadar 3:1 hisobida oldinda borayotgan edi. Biroq “Yuventus” 7 daqiqa ichida 3 ta gol urib, g‘alabani ilib ketdi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr