Moskvaga yana dron hujumi bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 6 avgust kuni uchuvchisiz uchish qurilmalari bilan yana Moskva viloyatidagi ob’ektlarga hujum qilindi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi xabar berdi.

“Soat 11:27 da Kiyev rejimining uchuvchisiz samolyotlari tomonidan Moskva viloyatidagi ob’ektlarga terakt uyushtirishga urinish bartaraf etildi”, deyiladi Mudofaa vazirligi Telegram-kanalida.

Aytilishicha, dron Podolsk viloyati hududida havo mudofaasi yordamida yo‘q qilindi. Uyushtirilgan hujum oqibatida qurbonlar va vayronalar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya poytaxti Moskvaga 242830 iyul va 1 avgust kunlari ham dronlar hujumi uyushtirilgandi. 31 iyul kuni mansabdor shaxslar, rahbarlar va boshqa xodimlarga ixtiyoriy ravishda masofadan ishlash taklif qilindi. Chunki 30 iyul kuniga o‘tar kechasi “Moskva Siti”ning Raqamli rivojlanish vazirligi joylashgan “IQ-kvartal” minorasining 11 va 12-qavatlariga dron kelib urilgandi. Shuningdek, ushbu binoda Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Sanoat va savdo vazirligi va boshqa vazirliklar joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva dron hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing