Moskvaga dron hujumi Ukraina razvedkasining maxsus operatsiyasi edi – Ukraina OAV
Olam
−
25 iyul 2023
668624 iyulga o‘tar kechasi Moskvaga ikkita dronning hujumi Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka Bosh boshqarmasining maxsus operatsiyasi bo‘lgan. Bu haqda “RBK-Ukraina” nashri Ukraina maxsus xizmatlaridagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, barcha “qushchalar” Moskvaga uchib borgan.
Hujumga razvedkaning aloqadorligini Ukraina xavfsizlik va mudofaa sektoridagi “Ukrainskaya pravda” manbasi ham tasdiqlagan.
“Bugun Moskvaga uchuvchisiz samolyot hujumi Bosh razvedka boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan maxsus operatsiya edi”, deydi Fransiya axborot agentligining Ukraina mudofaa vazirligidagi manbasi.
Eslatib o‘tamiz, 24 iyul kuni erta tongda uchuvchisiz uchish qurilmalari yordamida Moskvaga hujum uyushtirilgandi. Oqibatda ikkita noturar joy binosiga zarba berilgan, ammo jiddiy vayronalar va qurbonlar bo‘lmagan.
Aytish joizki, bu Moskvaga dronlar yordamida qilinayotgan birinchi hujum emas. Joriy yilning 3 mayga o‘tar kechasi Kremlga ikki uchuvchisiz samolyot hujum qilgan. 30 may kuni esa kamida uchta dron poytaxtning janubi-g‘arbidagi turar-joy binolariga zarar yetkazgan. Uchuvchisiz samolyotlarning bir qismi Moskva viloyati osmonida havo mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan.
LiveBarchasi