Moskvadagi yong‘inda 8 nafar muhojir halok bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 29 iyul kuni Moskva janubidagi yotoqxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

“Olma-Ota ko‘chasi, 7-uy, 2-uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Sakkiz kishi hayot belgilarisiz topildi, uch kishi shifokorlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Yong‘in 16 qavatli binoning birinchi qavatida boshlangan. Alanga 150 kv m maydonga tarqalgan. Yong‘in o‘chirilgan.

Tergov qo‘mitasining poytaxt boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar soni to‘rt kishiga yetgan.

“To‘rt kishi tibbiy muassasalarga yotqizildi, ularga zarur yordam ko‘rsatilmoqda”, deyiladi departament xabarida.

Yong‘in fakti bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi 3-qismi bilan (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlarni ko‘rsatish, ehtiyotsizlik tufayli ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga olib kelgan) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

TASSning favqulodda xizmatlarga tayanib, ma’lum qilishicha, qurbonlarning barchasi migrant bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant yong'in Moskva

Baholaganlar

213

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing