Moskvadagi turarjoy binosida portlash bo‘ldi. Qurbon bor

Olam

image

Bugun, 3 fevral kuni Rossiya poytaxti Moskva shimoli-g‘arbidagi “Aliye parusa” turarjoy majmuasida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, turarjoy hududida portlovchi moslamaning ishga tushishi oqibatida besh kishi jarohatlangan, bir kishi halok bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, portlash oqibatida “ArBat” batalonining asoschisi Armen Sarkisyan jarohat olgan. U qo‘riqchilar bilan binoga kirganida portlovchi qurilma ishga tushgan. Uning qo‘riqchilaridan biri vafot etgan. 

Rossiya Tergov qo‘mitasi hodisa bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini e’lon qildi. Poytaxt prokuraturasi tergovni nazoratga olgan. Ba’zi xabarlarga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari suiqasdga urinish versiyasini tekshirmoqda.

Qayd etilishicha, voqea joyiga Moskva shahri bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi boshlig‘i Andrey Strijov jo‘nab ketgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 17 dekabr kuni ertalab Moskvaning Ryazanskiy tumanidagi turarjoy binosiga kiraverishi yonida turgan samokatga o‘rnatilgan portlovchi qurilma ishga tushirilishi oqibatida Rossiya Qurolli kuchlarining Radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i general-leytenant Igor Kirillov va uning yordamchisi Ilya Polikarpov halok bo‘lgandi. Suiqasdda gumon qilinib, o‘zbekistonlik 29 yoshli Ahmad Qurbonov ushlangan.Yanvar oyida generalning o‘ldirilishida gumon qilingan yana ikki kishi – Ramazon Padiyev hamda Botuxon Tojiyev hibsga olindi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva portlash Alыe parusa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing