Moskvadagi terakt oqibatida xalqaro vaziyat yanada jiddiy tus olyapti – Mirziyoyev 

Jamiyat

image

Yaqin Sharqdagi va O‘zbekistonning asosiy hamkorlari o‘rtasidagi mojarolarga yechim topilmayotgani, shu jumladan Moskva viloyatidagi mudhish terakt oqibatida xalqaro vaziyat yanada jiddiy tus olyapti. Bu haqda bugun, 3 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘z ochdi. 

Davlat rahbari so‘zining avvalida murakkab va tahlikali zamonda yashayotganimizni urg‘ulab, bunday murakkab sharoitda iqtisodiyotga, aholi daromadlariga salbiy ta’sirni kamaytirish eng muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi. Mirziyoyev buning uchun mahallaning iqtisodiy zaminini mustahkamlash, odamlar daromadini ko‘paytirish uchun mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligini qayd etdi.

Prezident poytaxtda hali ishga solinmagan imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi. Jumladan, 979 ta yer uchastkasini auksionga chiqarish, qishloq xo‘jaligidan sanoat va aholi punkti toifasiga o‘tgan 175 gektar yerlarni tadbirkorlarga berish orqali yangi loyihalarni amalga oshirish mumkinligi aytildi.

Ta’kidlanishicha, poytaxtdagi korxona va tashkilotlarda mavjud 98 ming bo‘sh ish o‘rni – aholi bandligini ta’minlash uchun ishga solinmagan imkoniyatlardan biri. Bundan tashqari, Yangihayot tumanida 764 gektar yerda tashkil etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida yana o‘n minglab ish o‘rni yaratish imkoniyati bor.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing