Moskvadagi portlashda rus generali halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Bugun, 25 aprel kuni Rossiyaning Moskva viloyati Balashixa shahrida avtomobil portlashi oqibatida general Yaroslav Moskalik vafot etdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “News.ru” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun 10:40 da Volkswagen avtomobili portlab ketgan. Shu payt general to‘xtab turgan Volkswagen yonidan o‘tib ketayotgan bo‘lgan. Portlash to‘lqini harbiy xizmatchini bir necha metr nariga uloqtirgan.

“Harbiy xizmatchi shu hududda yashagan”, deyiladi xabarda.

OAVga ko‘ra, halok bo‘lgan fuqaro Rossiya Mudofaa vazirligining 59 yoshli generali bo‘lgan. U Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Bosh operativ boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

O‘t o‘chiruvchilarning taxminlariga ko‘ra, voqea avtomobil ichidagi qisqa tutashuv tufayli sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Ba’zi bir manbalarning yozishicha, mashina generalga tegishlidir.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 fevral kuni Rossiya poytaxti Moskvadagi “Aliye parusa” turarjoy majmuasida yuz bergan portlashda jarohatlangan “ArBat” alohida maxsus bo‘linmalari batalonining asoschisi Armen Sarkisyan shifoxonada vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing