Moskvadagi paradda 20 dan ortiq davlat yetakchilari qatnashadi – Peskov
Olam
−
15 aprel
6562Joriy yil 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etish uchun 20 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari Rossiya poytaxti Moskvaga boradi. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Ushbu buyuk sanani biz bilan nishonlashga tayyor bo‘lgan barchani bu yerda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz. Ushbu bayramni nishonlashda 20 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari Prezident Vladimir Putin bilan birga bo‘lishini kutamiz”, dedi Peskov.
Shuningdek, 9 may kungi paradda Yevropa Ittifoqi davlatlaridan birining yetakchisi – Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso va Yevropa Ittifoqiga nomzod davlat rahbari, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich ishtirok etadi. Bundan tashqari, 9 may kuni Moskvaga Xitoy Raisi Si Szinpin, Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro, Belarusdan Aleksandr Lukashenko va boshqalar borishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 7 aprel kuni O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvada bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etishini, bu masala O‘zbekiston rahbarining Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuvida muhokama qilinganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Moskvadagi paradda Tojikiston va Qirg‘iziston harbiylari ishtirok etishi xabar qilindi.
LiveBarchasi