Moskvadagi parad vaqtida xakerlar Rossiya va Ukraina telekanallariga hujum qildi

Olam

image

Rossiya poytaxti Moskvadagi Qizil maydonda G‘alaba paradi bo‘lib o‘tayotgan vaqtda xakerlar Ukraina va Rossiya telekanallariga hujum qildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Rossiyada xakerlar Boshqirdiston va Orenburg viloyatida “Ufanet” provayderi tarmog‘iga buzib kirdi. Omsk va Irkutsk viloyatlaridagi SmartTV foydalanuvchilari xakerlik hujumidan shikoyat qildi. Bir nechta telekanallarda translyatsiya bir kadrda to‘xtadi. Boshqa kanallar Ukrainaga oid videolarni, shuningdek, muxolif ommaviy axborot vositalarining sarlavhalari va “Rus marshi”dan olingan kadrlarni efirga uzatdi.

Xakerlar Ukrainaning StarLightMedia va Inter telekanallarining sun’iy yo‘ldosh orqali uzatilishini ham buzib, Moskvadagi G‘alaba paradi translyatsiyasini yo‘lga qo‘ygan. U 18 daqiqa davomida namoyish etildi. Buzg‘unchilik haqidagi ma’lumotni Ukraina televideniye va radioeshittirish milliy kengashi tasdiqladi. Buzg‘unchilikdan so‘ng, Ukraina provayderlari signalni qabul qilishning muqobil usuli – IPTV’ga o‘tdi.

“Kanallari G‘alaba paradini namoyish etgan Latviyaning Baltikom kompaniyasi ham kiberhujumga uchradi”, deb yozadi Delfi. 

Buzg‘unchilikdan so‘ng internet-televideniye xizmatlari uzilgan, hodisa sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

Ma’lumot uchun, Moskvadagi paradda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Laos, Gvineya-Bisau va Kuba Prezidentlari ishtirok etgan. Bundan tashqari, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko iti bilan paradga borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva Ukraina G'alaba paradi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing