Moskvadagi qonli hujum ayblanuvchisining chaqalog‘igacha noma’lum tomonga olib ketildi
Olam
−
28 mart
47484Moskva yaqinidagi qonli hujumda ayblanayotganlardan biri Faridun Shamsiddinning ota-onasi, ukasi, xotini va sakkiz oylik bolasi noma’lum tomonga olib ketildi. Bu haqda "Aziya-Plyus" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shamsiddinning uyi Hisor shahri Loyobi qishlog‘ida, Dushanbedan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan. Nashr muxbiri 27 mart kuni ushbu manzil bo‘yicha qishloqqa borganida, u yerda ayblanuvchi akasining xotinidan boshqa hech kim yo‘qligiga guvoh bo‘lgan. Ammo ayol jurnalistlar bilan gaplashishni istamagan.
"Keyin Shamsiddinning oilasi bilan qo‘shni yashovchi qarindoshining rafiqasi (ismini aytishdan bosh tortgan) bilan gaplashishga muvaffaq bo‘ldik.
Uning aytishicha, Shamsiddinning barcha qarindoshlarini olib ketgan “xizmat kiyimidagi odamlar” katta ehtimol bilan Tojikiston hukumati xodimlari bo‘lgan. Ayblanuvchining qarindoshlari 23 mart kuni olib ketilgan, biroq ularning qayerda ekanligi aytilmagan", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Tojikiston hukumati bu borada hech qanday izoh bermagan.
"Ozodi" ("Ozodlik" radiosining tojik xizmati) esa "25 mart kuni Tojikiston rasmiylari Shamsiddinning yaqinlarini so‘roq qilish uchun olib ketgan"ini ma’lum qilgan. OAV Shamsiddinning ismini oshkor qilishni istamagan qarindoshi bilan ham suhbatlashgan.
"Uning xatti-harakatlarida shubhali hech narsa ko‘rmadik. U olti oy oldin Rossiyaga borib oilasiga pul jo‘natayotgan edi", degan u.
Ammo ayblanuvchi uni terakt sodir etish uchun yollagan "va’zxon"dan 500 ming rubl olganini tan olgan. Shunga qaramay, ayrim rus Telegram-kanallari Shamsiddinning elektr toki bilan qiynoqqa solinayotgani aks etgan tasvirlarni ham e’lon qilgan.
"Uning yuzlab odamlarni ko‘zini pirpiratmay otib tashlagani haqidagi xabarni eshitib hayratda qoldik. Ishonasizmi, u musichaga ham ozor bermas edi. Shu bilan birga juda bosiq va tortinchoqligini hamma biladi", degan "Ozodi"ga terrorchilikda ayblanayotgan shaxsning qarindoshi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Shamsiddinning Rossiyada ishlaydigan opasi ham deport qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Moskvadagi terakt ishtirokchisi Telegram orqali yollanganini tan olgandi.
LiveBarchasi