Moskvada yadroviy bunker quruvchisi qo‘lga olindi
Olam
−
12:20 7283 2 daqiqa
Yadroviy zarbadan himoyalovchi inshootlarni ishlab chiqishda ishtirok etgan Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Butunrossiya ilmiy tadqiqot institutining himoya tadbirlarini takomillashtirish ilmiy markazi rahbari Nikolay Posoxov hamda institut rahbari o‘rinbosari Igor Sosunov Moskvada qo‘lga olindi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, ular juda katta miqdorda pora olishda (Jinoyat kodeksining 290-moddasi 6-qismi) ayblanmoqda. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov doirasida Posoxov uy qamog‘iga yuborilishi, Sosunov esa qamoqqa olinishi mumkin.
RBK manbalariga ko‘ra, Rossiya Tergov qo‘mitasining Bosh tergov boshqarmasi ayblanuvchilarga nisbatan ehtiyot chorasi tanlash haqida Moskvaning Zamoskvoretskiy tuman sudiga iltimosnomalar kiritgan. Pora olish moddasi bo‘yicha ularga 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid solmoqda.
“Rossiya FVVsi har qanday noqonuniy faoliyatni, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha tizimli ish olib bormoqda. Bu FVV rahbari Aleksandr Kurenkovning prinsipial pozitsiyasidir”, deydi FVV rasmiylari.
Ma’lumot uchun, Rossiya FVV tarkibidagi Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar muammolari bo‘yicha Butunrossiya ilmiy tadqiqot instituti fuqaro muhofazasi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida ilmiy ishlanmalar bilan shug‘ullanadi. Xususan, institut texnik vositalar va texnologiyalarni ishlab chiqish, aloqa va aholini ogohlantirish tizimlarini rivojlantirish, fuqaro muhofazasi, radiatsion, kimyoviy va biologik himoya yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Live
Barchasi