Moskvada o‘zbekistonlik erkak kepkasi sabab qamoqqa olindi

Olam

image

Rossiyaning Moskva shahrida 30 yoshli o‘zbekistonlik erkak Rossiyada taqiqlangan AUE yozuvi va sakkiz qirrali yulduz tasviri tushirilgan kepka bilan metroga tushgani uchun 14 kunga hibsga olindi. Bu haqda “Ostorojno, Moskva” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, erkak “Mahbuslar jinoiy birligi” harakatining ramzi bo‘lgan AUE harflari bor kepkani jamoat joyida kiyib yurgan. Politsiya xodimlari uni metroda qo‘lga olgan.

“Kepka musodara qilindi, erkak 20.3-modda - fashistlarning timsollarini ommaviy namoyish qilish bo‘yicha ayblandi. U yaqin kunlarni maxsus qamoqxonaga o‘tkaziladi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, AUE yozuvi Rossiyada taqiqlangan. Ushbu yozuv qamoqxona tartib-qoidalari va tushunchalari bilan bog‘liq tamoyillarni ilgari suradi. Bu o‘g‘rilik, jinoyat olamiga xos bo‘lgan norasmiy fikrlarni qonundan ustun qo‘yadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili yozda Moskvada asli o‘zbekistonlik bo‘lgan Rossiya fuqrosi X.A. Ukraina gerbi tasvirlangan futbolka kiyib, urushni tanqid qilgani uchun 50 ming rubl jarimaga tortilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva AUE

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing