Moskvada O‘zbekiston fuqarosi og‘zida g‘isht bilan o‘lik holda topildi
3-sahifa
−
09 Sentabr 2021
25681Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya poytaxti Moskva shahrida og‘zida g‘isht bilan o‘lik holda topilgan o‘zbekistonlik mehnat migranti haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, vafot etgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Hozirda uning yaqin qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatilib, jasadni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarosining jasadini yo‘ldan o‘tib ketayotgan kishi ko‘rib qolgan. Marhumning yonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar topilgan. U Ryazan viloyatida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan, 1990 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqqan.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan dastlabki ko‘rik natijasiga ko‘ra, migrant o‘limidan taxminan, ikki kun o‘tib topilgan. Bundan tashqari, uning bosh sohasida yoriqlar, qo‘lida ko‘karish belgilari hamda og‘zida g‘isht bo‘lagi borligi aniqlangan.
LiveBarchasi