Moskvada o‘zbek, rus, tojik, qirg‘iz fuqarolari mushtlashdi
Olam
−
22 fevral 2023
15397Moskvadagi kafelardan birida O‘zbekiston, Rossiya, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda “Ren TV” xabar berdi.
Joriy yilning 19 fevralga o‘tar kechasi Moskva shahri Lyublinskaya ko‘chasidagi kafeda Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan. Kafedagi ushbu janjal ko‘chada ham davom etgan.
Voqea joyiga huquq-tartibot idoralari xodimlari yetib kelgan.
Hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritish uchun 15 kishi qo‘lga olinib, politsiya bo‘limiga olib ketilgan.
LiveBarchasi