Moskvada otishma. Qurbonlar bor
Olam
−
07 dekabr 2021
17352Bugun, 7 dekabr kuni Moskva janubi-sharqidagi "Ryazanskiy" ko‘ptarmoqli markazida qurollangan erkak otishma sodir etdi. Oqibatda ikki kishi qurbon bo‘ldi, jarohatlanganlar bor.
Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, hujum qilgan shaxs qo‘poruvchilik harakatini avvaldan rejalashtirgan: u binoga kirib, niqob taqishdan bosh tortgan va eshikdan o‘q otishni boshlagan. Manbaning ta’kidlashicha, otishma jangovar qurolga aylantirilgan travmatik to‘pponchadan sodir etilgan.
Huquq-tartibot idoralari aniqlik kiritishicha, xodim va qo‘riqchi halok bo‘lgan. Jarohatlanganlar orasida 10 yoshli qiz ham bor.
Poytaxt merining ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Anastasiya Rakovaning aytishicha, uch nafar jarohatlangan shaxs shifoxonaga olib ketilgan. Ularning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Bo‘ynidan yaralangan qizning operatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tgan.
Otishmani sodir etgan shaxs qo‘lga olindi, uning yonida pichoq ham bo‘lgan.
Hibsga olingan 45 yoshli Sergey Glazov, manbaga ko‘ra, 2010 yilda armiyadan demobilizatsiya qilingan.
Ushbu shaxsga nisbatan tergov qo‘mitasi tomonidan qotillik va noqonuniy qurol savdosi moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yaqin orada otishma sodir etgan shaxs Tergov qo‘mitasiga so‘roqqa olib ketiladi.
Poytaxt prokuraturasi jinoyat ishi bo‘yicha tergovning borishi va natijalarini nazoratga oldi.
Moskvadagi inson huquqlari bo‘yicha ombudsman Tatyana Potyayeva vaziyatni nazorat ostida ushlab turibdi, tegishli murojaatlar prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga yuborilgan.
LiveBarchasi