Moskvada migrantlar uchun patent narxi oshdi
Olam
−
02 yanvar 2020
8950Rossiya poytaxti Moskva hududida xorijiy davlat fuqarolariga ishlash huquqini beruvchi patent narxi 7 foizga qimmatladi. Moskva shahar dumasi poytaxt soliq qonunchiligiga tegishli o‘zgartirishni kiritdi.
2020 yildan chet ellik ishchilar patent uchun oyiga 5350 rubldan to‘laydi. 2019 yilda patentga 5000 rubldan to‘langan. 2018 yilda esa 4500 rubl to‘langan.
Ukraina, Moldava, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolar Moskva hududida ishlash uchun 2015 yildan beri olib keladi.
Moskva iqtisodiy siyosat va rivojlanish departamentining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2019 yilda xorijiy fuqarolardan patent uchun soliq ko‘rinishidagi daromaddan byudjetga tushum 18 milliard rubl (292 million dollar)ga yetdi. Dekabr oyi o‘rtalariga kelib, 427 ming kishi hujjatga ega bo‘ldi.
Moskva meri Sergey Sobyanin shaharga ishlash uchun kelgan har qanday mehnat muhojiri soliq to‘lashi kerakligiga ishonyapti. U ishlash uchun kelgan migrantlar ro‘yxatdan o‘tib, soliq to‘lashi kerakligini ta’kidladi.
LiveBarchasi