Moskvada migrantlar ommaviy mushtlashuv uyushtirdi

Olam

image

Rossiyaning Moskva shahrida muhojirlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Mojaroda Tojikiston fuqarolari ishtirok etgani taxmin qilinmoqda. Bu haqda TASS xabar berdi.

"Joriy yilning 29 yanvar kuni Vostryakovskiy ko‘chasida Tojikiston fuqarolari tomonidan travmatik quroldan foydalangan holda ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Mojaroda 15 ga yaqin odam ishtirok etgan. Shuningdek, janjalda ishtirok etganlikda gumon qilingan 66 kishi politsiya tomonidan ushlangan", deydi huquq-tartibot organlari xodimlari. 

Qayd etilishicha, travmatik qurol ishlatgan holda bezorilik qilish bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Huquq-tartibot organlari xodimlarining ta’kidlashicha, mojaro o‘zaro kelishmovchilik ortidan yuzaga kelgan. Qo‘lga olinganlar ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bezorilik moddasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha uch kishi sudlanuvchiga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

523

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing