Moskvada migrantlar qaysi vaksina bilan emlanishi aytildi
Olam
−
18 iyun 2021
5091Rossiya poytaxti Moskvada joriy yilning iyul oyidan migrantlarni koronavirusga qarshi emlash boshlanishi mumkin. Chet elliklarni “Sputnik Layt” vaksinasi bilan emlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin ma’lum qildi.
U farmonga ko‘ra, 60 foiz ishchilarni emlash kerakligini, Moskvada esa ba’zi muassasalarda 60 foiz xodimlari migrantlardan iborat ekanini ta’kidlagan.
Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, Moskva rahbariyati migrantlarni emlash uchun “Sputnik Layt”dan foydalanishga ruxsat oladi.
“Hozirgi kunda "Sputnika Layt" vaksinasini ishlab chiqarish boshlangan. Aslida bu klassik "Sputnik"ning birinchi komponenti. Biz ushbu vakitsnadan mehnat migrantlarini emlashga ruxsat olish ehtimolimiz katta. Bizning hisob-kitobga ko‘ra bu iyul oyining boshida sodir bo‘ladi, balkim undan ham oldinroq”, degan Sobyanin.
Moskvada so‘nggi kunlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari keskin oshishi munosabati bilan shahar meri qator cheklov choralari kiritgan edi. Xususan 12 iyundan boshlab barcha korxonalarga xodimlarning kamida 30 foiziini onlayn tartibda ishlashga o‘tkazish, ommaviy tadbirlar o‘tkazmaslik, jamoat joylarida ishlaydigan xodimlarning kamida 60 foiziini emlash majburiyati yuklangan edi.
LiveBarchasi