Moskvada kuchli shamol tufayli 2 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Moskvada kuchli shamol tufayli 17 kishi jabrlandi, ulardan ikki nafari halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Barcha jabrlanganlarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ayni paytda shahar xizmatlari zudlik bilan oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda”, deb yozadi u.

Shuningdek, u poytaxt hokimiyati barcha ogohlantiruvchi choralarni o‘z vaqtida ko‘rganini qayd etgan.

“Katta shahar bog‘lari va boshqa ochiq jamoat joylari zudlik bilan yopildi. Xavf haqidagi xabarlar shahar ekranlarida, ma’lumotlar markazining ogohlantirish taxtalarida va hokazolarda bo‘lgan”, deb ta’kidlagan Sobyanin o‘z postida.

3 aprel kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Moskvada kuchli shamol tufayli bo‘ron haqida ogohlantirish e’lon qilgan edi. Rossiya Gidrometeorologiya markazi Moskvada soat 23:00 gacha kuchli shamol tufayli ob-havoning sariq darajasi e’lon qilinganini ma’lum qildi. Yomon ob-havo tufayli jamoat joylari, jumladan, Moskva hayvonot bog‘i, Sokolniki bog‘i va Gorkiy bog‘i yopilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva shamol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing