Moskvada karantin cheklovlari yumshatildi

Olam

image

Rossiya poytaxti Moskvada COVID-19 pandemiyasi sabab joriy qilingan cheklovlarning bir qismi bekor qilindi. Bu haqda shahar meri Sergey Sobyanin shaxsiy blogida ma’lum qildi.

Bugundan boshlab korxona va tashkilotlar xodimlarining kamida 30 foizini, shu jumladan 65 yoshdan oshgan va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlarni masofaviy ish rejimiga o‘tkazish talabi bekor qilindi.

Biroq, ish beruvchilar, agar iloji bo‘lsa, tashkilotga zarar bermasdan masofadan turib ishlashni davom ettirishlari tavsiya etildi.

Ishni boshlashdan oldin xodimlarning haroratini o‘lchash kerak degan talab saqlanib qolmoqda, lekin endi buni har to‘rt soatda bajarish shart bo‘lmaydi. Har 15 kunda xodimlarning kamida 10 foizi koronavirus uchun muntazam tekshiruvdan o‘tishi talabi ham bekor qilinadi.

Ma’lumot uchun, Rossiyada bugungacha 6 557 068 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 5 848 340 nafari sog‘aygan va 168 864
 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing