Moskvada ikki o‘zbekistonlik o‘lik holda topildi

Jamiyat

−

image

Moskvadagi (Rossiya) qurilish maydonchalaridan birida ikki nafar o‘zbekistonlik o‘lik holda topildi. Bu haqda “Moskovskiy komsomolets” xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jasadlar 19 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:30 da uy qurilishi ketayotgan Artyuxina ko‘chasidan topilgan.

"Halok bo‘lganlar o‘rta yoshdagi O‘zbekiston fuqarolari. Taxminlarga ko‘ra, ular tunda vafot etgan. Jasadlarda zo‘ravonlik belgilari topilmagan", deyiladi xabarda.

Hozirda huquq-tartibot idoralari holat yuzasidan tergov olib bormoqda.

Avvalroq, Rossiyaning Qozon shahrida o‘zbekistonlik 19 yoshli talaba o‘g‘irlab ketilgani haqida xabar berilgan edi.

Shuningdek, oktyabr oyida Sankt-Peterburgning Kolpinskiy tumanida O‘zbekiston fuqarosi o‘z vatandoshining qotiliga aylangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing