Moskvada chechenistonlik erkak qirg‘izistonlik taksichini o‘qqa tutdi (video)
Olam
−
17 fevral
8848Rossiya poytaxti Moskvada chechenistonlik erkak qirg‘izistonlik taksi haydovchisiga qarata o‘q uzdi. Bu haqda “Argumenti i fakti” xabar berdi.
Ushbu hodisa ask etgan jarayon videoregistratorga yozib olingan. Taksi haydovchisi mashinani boshqarib ketayotib, tamaki chekayotgan bo‘lgan. Chechenistonlik haydovchi Geely avtomobilida ketayotib, taksichi uning yo‘lini kesib o‘tdi, deb o‘ylagan. U darhol taksiga yaqinlashib, haydovchini gaplashishga chaqirgan. Mashina oynasidan chiqib, taksichiga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatgan.
“Eshitayapsanmi? Tinchlan. Bema’nilik qilma”, deb javob qilgan taksichi.
Bu so‘zlardan so‘ng, chechenistonlik haydovchi Qirg‘iziston fuqarosiga bir necha bor o‘q uzgan.
Moskvaning Basmanniy tumanidagi Rossiya Ichki ishlar vazirligining patrul-post xizmati xodimlari 39 yoshli shaxsni qo‘lga olgan. Uning yonidan ruxsatnomaga ega travmatik to‘pponcha musodara qilingan.
“Mazkur jinoyatda jabrlangan 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro tez yordam brigadasi tomonidan shifoxonaga yetkazildi”, deyiladi Moskva Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada ikki qirg‘izistonlik erkak katta miqdorda pul undirish maqsadida o‘g‘irlab ketilgan edi. O‘g‘irlanganlardan biri yolg‘iz qolganida, yordam so‘rab xat yozgan va xatni derazadan uloqtirgan. Shundan so‘ng kvartiraga politsiya otryadi yetib kelgan. Uch fuqaro qo‘lga olingan.
LiveBarchasi
Trenddagilar

