Parlament saylovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi

Jamiyat

image

Bugun, 6 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi uchun o‘tkazilgan takroriy saylov natijalari e’lon qilindi.

Takroriy saylov natijalariga ko‘ra, Qonunchilik palatasidagi o‘rinlari quyidagicha taqsimlandi:

O‘zbekiston Liberal demokratik parityasi - 53 nafar (35 foiz)
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi - 36 nafar (24 foiz)
“Adolat” Sotsial-demokratik partiyasi - 24 nafar (16 foiz)
Xalq demokratik partiyasi - 22 nafar (15 foiz)
Ekologik partiya - 15 nafar (10 foiz).

Qonunga ko‘ra, eng ko‘p ovoz olgan partiya Bosh vazirlikka nomzodini ko‘rsatishi mumkin.

Xalq demokratik partiyasi Bosh vazir lavozimiga amaldagi Transport vaziri va Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov nomzodini ko‘rsatishini ma’lum qilgan edi.

"Adolat" SDP o‘zining asosiy nomzodi sifatida amaldagi Adliya vaziri Ruslanbek Davletovni ko‘rsatish niyatida ekanini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, nomzodlar orasida Adolat partiyasi a’zolari bo‘lgan Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov ham bor edi.

O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi esa saylovlarda ko‘p ovozga ega bo‘lgan taqdirda, amaldagi Bosh vazir Abdulla Aripovga yana bir bor ishonch bildirib, uning nomzodini qayta ushbu lavozimga ko‘rsatishni xabar qilgandi.

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi ham Bosh vazir lavozimi uchun allaqachon ikki nomzodni tanlab bo‘lgani, ammo hozircha ularning nomini ochiqlamaslikni afzal ko‘rayotganini ma’lum qilgandi.

Ekologik partiya saylovda ustunlikni qo‘lga kirita olsa, u holda O‘zbekiston Bosh vaziri lavozimiga "O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Odil Temirov, "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev hamda "Agromir group" assotsiatsiyasi direktorlar kengashi raisi Shavkat Jalolov kabi shaxslardan birining nomzodini ilgari surishi mumkin edi.


Maqola muallifi

Teglar

saylov

Baholaganlar

97

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing