Moskvada 23 yoshli o‘zbekistonlik qizlarga tegajog‘lik qilganlikda ayblanmoqda
3-sahifa
−
19 iyun
6048Rossiyaning Moskva shahridagi plyajning birida o‘zbekistonlik erkak ikki nafar voyaga yetmagan qizga tegajog‘lik qilganlikda ayblanib, qo‘lga olindi. Bu haqda “Ren TV” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 16 iyun kuni Zaozernoy ko‘chasidagi “Beloye ozero” plyajida sodir bo‘lgan. Gap shundaki, 14 yoshli qiz 15 yoshli dugonasi bilan suvda cho‘milayotgan paytda ulardan biri suvda kimdir oyoqlariga qo‘l tekkizayotganini sezgan.
Mazkur holatdan xabar topgan qizning onasi plyaj qutqaruvchisiga murojaat qilib, politsiyani chaqirishni so‘ragan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olgan.
“Hozirda O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Buzg‘unchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayblanuvchi 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 iyun kuni Rossiyaning Primorsk o‘lkasi sudi 4 nafar o‘zbekistonlik yigitga 21 yoshli qizning jinsiy daxlsizligini buzish holatlari bo‘yicha jinoiy ish ochgandi.
LiveBarchasi