Moskva jome masjidida COVID-19 tufayli tunu kun Qur’on tilovat qilinmoqda
Olam
−
17 mart 2020
11859Moskva jome masjidida COVID-19 koronavirus tarqalishi sabab Qur’oni karim oyatlari tilovat qilinmoqda. Bu haqda Rossiya Muftiylari kengashi saytida ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, Qur’oni karim oyatlari 17 martdan boshlab 24 soat davomida tilovat qilinadi.
Bu shu kunlarda butun dunyoda tarqalayotgan koronavirus tufayli Alloh taologa bo‘lgan umumiy murojaat ekani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov COVID-19 koronavirus tarqalishi sabab diniy O‘zbekistondagi masjidlarda vaqtincha 5 vaqt namoz va juma namozlari o‘qilishi cheklanishini yuzasidan fatvoni o‘qib eshittirgandi.
LiveBarchasi