Moskva yaqin haftalarda koronavirus ustidan g‘alaba qozonishiga ishonyapti
Olam
−
16 Oktabr 2020
8586Yaqin haftalarda Moskva koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat ustidan g‘alaba qozonadi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobyanin aytgan.
"Yaqin haftalarda biz, albatta, vaziyat ustidan g‘alaba qozonamiz. Koronavirus bilan bog‘liq holat barqarorlashadi", deb ta’kidlagan shahar hokimi.
Uning ta’kidlashicha, hali ham Moskva shifoxonalarida yetarli miqdorda zaxira koykalari bor.
Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunga kelib, Moskvada yetarlicha katta quvvatga ega to‘rtta zaxira shifoxonasi yaratilgan.
Avvalroq, butun Rossiya bo‘ylab koronavirusdan vafot etayotganlar soni ko‘payotgani haqida xabar bergandik.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus yuqtirgan bemorlar soni 1 million 369 ming 313 nafarga yetgan.
Dunyoda esa koronavirusga chalinganlar 39 milliondan oshib ketdi. 1 milliondan ortiq odam virus qurboni bo‘ldi.