Moskva Tokio Putinni chetda qoldirganiga javob qildi
Olam
−
25 iyul 2022
20090Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Sindzo Abening davlat dafn marosimiga borishni rejalashtirmayapti. Prezident Matbuot kotibi Dmitriy Peskov rasmiy Tokio Putinni marosimga taklif qilmasligiga munosabat bildirib, shunday fikr bildirdi.
Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, marosimda Rossiya nomidan kim ishtirok etishi ma’lum qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni sobiq Bosh vazir Sindzo Abening joriy yil sentyabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan davlat dafn marosimiga taklif qilmasligi ma’lum bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 12 iyul kuni Dzodzyodzi ibodatxonasida Abening oila a’zolari, yaqin do‘stlari va hamkorlari dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Marhumning jasadi kuydirildi va uning kuli solingan idishni bevasi Akie uyiga olib keldi. Sobiq Bosh vazirning kullari dafn etilgan sana va joy hozircha e’lon qilinmagan, ammo ular kutilganidek, uning ona shahri Yamaguti prefekturasi bo‘lishi mumkin. U yerda, Nagatoda, uning otasi, sobiq Tashqi ishlar vaziri Sintaro Abening qabri bor. U 67 yoshida vafot etgan.
LiveBarchasi