Moskva terakti: Ikki mansabdorga ham jinoiy ish ochildi
Olam
−
08 aprel
13071Rossiya Tergov qo‘mitasi Moskva yaqinidagi "Krokus Siti Holl"da sodir etilgan terakt bo‘yicha ikki mansabdorga jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, yong‘in xavfsizligi uchun mas’ul shaxs va konsert zalining o‘t o‘chirish bo‘limi boshlig‘i mas’uliyatsizlik moddasi bo‘yicha sud qilinadi. Ikkalasi ham yashash joyini tark etmaslik to‘g‘risida majburiyat xati yozib bergan.
Nashr manbasiga ko‘ra, ularning ismi oshkor qilinmagan bo‘lib, mas’ullar aynan nimada ayblanayotgani ham ochiqlanmagan.
"Ish "Krokus"da yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinmagani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu esa terrorchilar konsert zaliga o‘t qo‘yganidan keyin vaziyatni yanada og‘irlashtirgan", deb yozadi TASS.
LiveBarchasi