Moskva sudi Navalniyning bevasini sirtdan hibsga oldi
Olam
−
09 iyul
6952Moskvaning Basmanniy sudi siyosatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnayani ekstremistik jamiyatda ishtirok etganlikda ayblab, sirtdan hibsga olishga qaror qildi. Sud tergov talabini qanoatlantirdi. Bu haqda “Moscow Times” xabar berdi.
“Navalnaya Yuliya Borisovna Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 282.1 (Ekstremistik jamiyatda ishtirok etish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan. Yuliya Borisovna dastlabki tergov organlaridan yashiringan va shuning uchun qidiruvga berilgan”, deyiladi sud matbuot xizmati xabarida.
Ushbu moddaga ko‘ra, u olti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Unga Rossiya Federatsiyasiga ekstraditsiya qilingan yoki Rossiya hududida ushlab turilgan paytdan boshlab ikki oy muddatga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Navalnaya Inson huquqlari jamg‘armasi raisi etib saylangandi.
LiveBarchasi