Moskva radiatsion tuman bilan qoplandi

Olam

image

Rossiya poytaxti Moskvada bugun, 17 oktyabrga o‘tar kechasi, shuningdek, ertalabki soatlarda radiatsion tuman paydo bo‘ldi. Bu haqda “Fobos” ob-havo markazining yetakchi mutaxassisi Evgeniy Tishkovetsga tayanib, RBK xabar berdi.

"Tuman musaffo osmon, sokin sharoitda havo sirt qatlamining tungi radiatsiyaviy sovishi va suv bug‘ining kondensatsiyasi tufayli paydo bo‘lgan", deb tushuntirdi sinoptik.

Tishkovets, shuningdek, tuman tufayli poytaxt aeroportlari hududida ko‘rish imkoniyati sezilarli darajada yomonlashganini qo‘shimcha qildi. Misol uchun, Sheremetevoda ko‘rish 500 metrga, Vnukovoda – 300 metrga tushgan.

O‘z navbatida, “Meteonovosti” axborot portali mutaxassisi Tatyana Pozdnyakova bunday tumanlarni oktyabr oyiga xos holat deb atadi.

“Baza” Telegram-kanalining yozishicha, Buxoro-Moskva reysi bo‘yicha yo‘lovchilar Domodedovodan Vnukovoga parvozni “bir soatdan ko‘proq kutgan”, chunki avvalroq bort tuman tufayli Vnukovoga qo‘na olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Moskva radiatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made