Moskva deputatlari Putindan iste’foga chiqishini so‘rashdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 8 sentyabr kuni “Lomonosov” Moskva munitsipal okrugi deputatlari kengashi Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan iste’foga chiqishni so‘radi. 

Moskva munitsipial deputatlari Prezidentga yo‘llagan murojaatida hokimiyatning vorisliligi mamlakatning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun muhim ekanligini, Putinda esa ikkinchi muddatdan keyin “hamma narsa qandaydir tarzda noto‘g‘ri ketdi: yalpi ichki mahsulot ikki baravar oshmagani, minimal ish haqi e’lon qilingan raqamlarga ko‘tarilmagani, aqlli va mehnatga layoqatli odamlar Rossiyani ommaviy tark etishayotgani, va’da qilingan barqarorlikka erishilmaganini yozgan.

“Siz va sizning qo‘l ostingizdagilar ishlatayotgan ritorika uzoq vaqt davomida murosasizlik va tajovuzkorlik bilan to‘lib-toshgan va bu oxir-oqibatda mamlakatimizni “Sovuq urush” davriga qaytardi. Rossiyadan yana qo‘rqib, nafratlana boshlashdi, biz yana butun dunyoga yadro quroli bilan tahdid qilyapmiz”, deya davom etgan “Lomonosov” munitsipial okrugi deputatlari.

Ular Putinning qarashlari va uning boshqaruv modeli “umidsiz ravishda eskirgan hamda Rossiya va uning inson salohiyati rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda” deb xulosa qilishyapti. Shu munosabat bilan Moskva munitsipial deputatlari Rossiya Prezidentidan “o‘zini lavozimidan ozod etishni” so‘ramoqda.

Joriy yilning 8 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘sha yig‘ilishda Lomonosov tumani deputatlari Moskva meri Sergey Sobyaninga ham murojaat yo‘lladi. Ularning ta’kidlashicha, Moskvada mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimi amalda ishlamayapti, tuman darajasida ikki tomonlama hokimiyat rivojlangan, bu esa mahalliy aholi va ularning vakillarining har qanday tashabbuslariga to‘sqinlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

2252

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing